19:45 / 14.04.2018
8 058

Zokir Almatov Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi

Zokir Almatov Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi
10—11 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining maslahatchisi general-polkovnik Zokir Almatov rahbarligidagi ishchi guruhi Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Termiz shahridagi «Yoshlar markazi» hamda Denov tumani hokimligining majlislar zalida Termiz shahar, Termiz, Angor, Jarqo‘rg‘on, Muzrabot, Sherobod, Qiziriq, Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sho‘rchi, Denov, Oltinsoy, Sariosiyo va Uzun tumanlari IIB xodimlari, ushbu tumanlar hokimining Xotin-qizlar va yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, Yoshlar ittifoqi kengashlari raislari, bosh imom xatiblar hamda boshqa jamoatchilik instituti vakillari bilan jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarni profilaktikasi fuqarolarning huquq va erkinliklarini hamda osoyishtaliklarini ta’minlash, yoshlarni turli yot g‘oyalardan saqlash borasida uzviy hamkorlikni yanada mustahkamlash borasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri maslahatchisi general-polkovnik Zokir Almatov, Surxondaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Sh.Sotvoldiyevlar kun tartibida ko‘rilayotgan masala yuzasidan o‘zining fikr va mulohazalarini bildirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining maslahatchisi general-polkovnik Zokir Almatov rahbarligidagi ishchi guruh Termiz shahridagi 1-sonli shahar ichki ishlar bo‘linmasi, Denov hamda Sariosiyo tumanlarining tayanch punktlarida ichki ishlar organlari xodimlari huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda samarali faoliyat olib borishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zokir Almatov Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi