15:46 / 15.04.2018
11 125

«Rossiya go‘zali» tanlovida 18 yoshli chuvashiyalik qiz g‘olib bo‘ldi

«Rossiya go‘zali» tanlovida 18 yoshli chuvashiyalik qiz g‘olib bo‘ldi
Moskvada «Rossiya go‘zali» an’anaviy milliy tanlovi finali yakunlandi, unda 18 yoshli Chuvashiya respublikasi vakilasi Yuliya Polyachixina g‘olib bo‘ldi, deb yozadi «Kommersant»ga tayanib Daryo nashri.

G‘olib 3 million rubl (taxminan 48 ming dollar) mukofot puli, avtomobil hamda «Dunyo go‘zali» va «Koinot go‘zali» tanlovlarida Rossiya nomidan qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Yuliya Polyachixinaga oq tilladan ishlanib, qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan toj kiydirishdi.

Birinchi vitse-miss unvonini belgorodlik Violetta Tyurkina qo‘lga kiritdi, ikkinchi vitse-miss Saxa respublikasidan Natalya Stroyeva bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Rossiya go‘zali» tanlovida 18 yoshli chuvashiyalik qiz g‘olib bo‘ldi