21:11 / 15.04.2018
9 475

Toshkent aeroportida xavfli qurollar saqlanmoqda (video)

Toshkent aeroportida xavfli qurollar saqlanmoqda (video)
Toshkent xalqaro aeroportida noqonuniy olib o‘tishga urinilganda olib qo‘yilgan gazli pistolet va turli o‘q otar qurollar, turli sovuq qurollar saqlanayotgan xona ilk bora ommaga ma’lum qilindi.

Aviatsiya xavfsizligi nuqtai nazaridan fuqarolar samolyot orqali harakatlanishlari davrida o‘zlari bilan olib keta olmaydigan, taqiqlangan narsalar mavjud.

Agarda yo‘lovchi shuni bilgan holda ham noqonuniy harakatni davom ettirsa, bu yerda o‘z vazifasini o‘tayotgan xavfsizlik organlari xodimlari ularning olib o‘tmoqchi bo‘lgan noqonuniy tovarlarini to‘xtatib qolishadi, bunday shaxslarga esa tegishli holatda chora ko‘riladi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi Axborot-tahlil Multimedia markazi tayyorlagan lavhada, Toshkent xalqaro aeroportidagi xonada fuqarolar noqonuniy tarzda samolyotga o‘zlari bilan olib o‘tishga uringan gazli pistolet, elektroshoker, pakki, pichoq, xanjar, tankni yo‘qotishga qaratilgan kabi xavfli qurollar borligini ko‘rish mumkin.

Bir qarashda bu yerda bo‘lgan kishi qurollar sotiladigan magazin yoki muzeyga tushib qolganday o‘zini his etishi mumkin, lekin masalani boshqa tomondan o‘ylab ko‘rsangiz bu qurollar suviner emas, balki haqiqiy ekanligi, uni olib o‘tishda uringan fuqarolarning niyati yaxshi emasligiga dalolatdir.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent aeroportida xavfli qurollar saqlanmoqda (video)