Kelayotgan haftaning seshanba kuni, Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keladi, deb xabar qilmoqda, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu tashrif davomida Koreya tashqi ishlar vazirining O‘zbekiston prezidenti bilan uchrashuvi ham rejalarshtirilgan.
"2018-yilning 17-aprel kuni Toshkent shahriga Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Hva tashrif bilan keladi. Koreya Respublikasi delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda", — deyilgan rasmiy xabarda.
Undan tashqari, delegatsiya tashrif dasturida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish hamda ikki tomonlama va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga o‘tgan yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tgan tashrifidan so‘ng O‘zbekiston — Koreya munosabatlari yanada yuqori bosqichga ko‘tarilgan edi. Tashrif doirasda energetika, savdo-sotiq, sarmoya va moliya sohalarida hamkorlik qilish bo‘yicha umumiy qiymati 10 milliard dollardan ortiq bo‘lgan shartnomalar imzolangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi