13:38 / 16.04.2018
5 548

Shavkat Mirziyoyev — sirdaryolik otaxonga: Sizni bu yil oilangiz bilan mening hisobimdan Hajga jo‘natamiz (video)

Shavkat Mirziyoyev — sirdaryolik otaxonga: Sizni bu yil oilangiz bilan mening hisobimdan Hajga jo‘natamiz (video)
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida istiqomat qiluvchi nuroniy Baxtiyor ota Tog‘ayevni o‘z hisobidan Haj ziyoratiga yuborishini ma’lum qildi. Bu haqda 13 aprel kuni Sayxunobod tumanida Prezident raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda aytib o‘tildi. «O‘zbekiston 24» telekanali ushbu yig‘ilishdan reportaj namoyish etdi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Baxtiyor ota Tog‘ayev Prezidentning asalarichilik to‘g‘risidagi 2017 yilgi qaroridan so‘ng uch quti asalari olib boqqani, hozirda ularning soni 40 qutiga yetganini ma’lum qildi.

«Uyda bekor o‘tirmaylik deb, bir xayrli ishga qo‘l urdik. Baxt shahri bilan Sayxunobod orasida kanal bilan yo‘l bor, o‘rtasi qarovsiz yer edi. Narsa ekib bo‘lmaydi. O‘sha yerning oralig‘i bir kilometr. Men shu yerga terak eksak, deb so‘radim. Vodiydan ko‘chatlar olib kelib, yerga qadab, ekdik, bir chiroyli maskan bo‘ldi. Tumanimizga kelgan mehmonlarning hammasi havas qilib ketadi», — dedi Baxtiyor Tog‘ayev.

Uning bu so‘zlariga javoban Prezident shunday dedi: «Men ham ko‘rdim, men ham havas qildim». Otaxon so‘zida davom etdi: «Rahmat! Mana endi terak ekilgan yerning davomi bor, shuncha yil turdi, hech kim qaramadi, iltimos qilib, u yerni ham oldik-da, bu yil 12 mingta terak ko‘chati ekdik. Niyat qilib qo‘ydik — Xudo xohlasa, mana shu teraklarimiz yetilsa, umr yo‘ldoshimizni yonimizga olib, Haj ibodatini bajarib, elimizga, xalqimizga duo qilib kelish niyatidamiz».

Otaxonning so‘zlaridan mamnun bo‘lgan Shavkat Mirziyoyev uni ibrat qilib ko‘rsatdi, o‘z navbatida, shunday dedi: «Siz bir niyat qildingiz — yurtimizning tinchligi, osoyishtaligi ko‘z tegmasin-da, odamlarimizning bag‘riga salgina bo‘lsa ham manfaat tegsin, salgina bo‘lsa ham tirikchiligi o‘zgarsin, degan niyatda yashaymiz. Shuning uchun mening bir istagim, niyatim bor — bu yil sizni oilangiz bilan har bir mo‘min-musulmon niyat qilgan joyga — Hajga jo‘natsak, o‘zimning hisobimdan».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev — sirdaryolik otaxonga: Sizni bu yil oilangiz bilan mening hisobimdan Hajga jo‘natamiz (video)