11:27 / 17.04.2018
6 862

Toshkentda 1 maydan sovuq suv narxi oshadi

Toshkentda 1 maydan sovuq suv narxi oshadi
«Suvsoz» korxonasi Toshkentda sovuq suv tariflari 1 maydan oshishini ma’lum qildi. Yangi narxlar poytaxt hokimi tomonidan tasdiqlangan.

2018 yil 1 maydan Toshkent shahri bo‘yicha yangi tariflar amalda foydalanishga kiritiladi:
  • Suv ta’minoti bo‘yicha – 1 m3 uchun 245 so‘m, QQSsiz;
  • Oqova suv bo‘yicha – 1 m3 uchun 210 so‘m, QQSsiz.

Toshkent shahar hokimining 2018 yil 12 yanvardagi 69-sonli qaroriga binoan, 2018 yil uchun Toshkent shahrida ichimlik suv ta’minoti xizmatlari tariflariga maxsus ustama haq miqdori iste’molchilar uchun — 1 m³ uchun 100 so‘mdan olinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 1 maydan sovuq suv narxi oshadi