09:52 / 19.04.2018
5 155

Shahrisabzdagi masjidda salkam 40 ming dollarni o‘marib ketishdi

Shahrisabzdagi masjidda salkam 40 ming dollarni o‘marib ketishdi
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2018 yil 6 aprelda xususiy tadbirkor, 1988 y.t. S.M. IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu yil 3 aprel kuni soat 19.00larda, shahar hududida joylashgan “Hazrati Imom” jome masjidining tahoratxonasida ichida 38.740 AQSh dollari bo‘lgan barsetkasini unutib qoldirganligi va bir ozdan so‘ng qaytib kelib barsetkasini topolmaganligini ma’lum qilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani Bobur ko‘chasida yashovchi, 1970 y.t. A.K. va Toshkent shahar Uchtepa tumani “Qoziguzar” MFY Guliston ko‘chasida yashovchi, 1962 y.t. G‘.N. sodir etganliklari aniqlanib qo‘lga olinganlar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shahrisabzdagi masjidda salkam 40 ming dollarni o‘marib ketishdi