AQSh Davlat departamenti O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishni e’tirof etdi

  • Jamiyat
  • 21-04-2018, 23:22
  • 514
  • АҚШ Давлат департаменти Ўзбекистондаги ижтимоий-сиёсий ўзгаришни эътироф этди
    20 aprel kuni AQSh Davlat departamenti 2017 yil davomida Inson haq-huquqlariga oid amaliyot hisobotini e’lon qildi. Hisobotni Davlat kotibi vazifasini bajaruvchi Jon Sallivan taqdim etdi.

    Unga ko‘ra, AQSh butun dunyo bo‘ylab inson huquqlarini himoya qilish, erkinlik va ozodlikni ta’minlashda kamarbasta bo‘lishi ta’kidlangan. AQSh Davlat kotibi vazifasini bajaruvchi Jon Sallivan nutqi davomida inson huquqlari sohasida ijobiy tendensiya kuzatilayotgan mamlakatlar qatorida O‘zbekistondagi o‘zgarishlarga ham munosabat bildirdi.

    «Mamlakatda qilinishi kutilayotgan ishlar ko‘pligiga qaramay, O‘zbekiston inson huquqlarini himoya qilishga xizmat qilayotgan strategik islohotlar dasturini qabul qildi. Sakkiz nafar mahbusning (jurnalist va siyosiy faollar nazarda tutilmoqda - tahr.) ozod etilishi shu ijobiy o‘zgarishlar jumlasidandir», deydi u.

    Hisobotda Rossiya, Turkiya, Venesuela bilan yuz berayotgan siyosiy o‘zgarishlar tanqid qilingan. Amaldor Magnitskiy ro‘yxatiga kiritilishi nazarda tutilgan bandlar bo‘yicha qisqa ma’lumotlar berdi.

    » » AQSh Davlat departamenti O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishni e’tirof etdi
    Яндекс.Метрика