Burgut bilan ov qilish jarayoni lavhalarda

  • Jamiyat
  • 22-04-2018, 08:05
  • 653
  • Бургут билан ов қилиш жараёни лавҳаларда
    Mana to‘rt ming yildirki, Oltoy tog‘larida burgutlar bilan ov qilish an’anasi davom etib kelmoqda.
    Bugungi kunda Mo‘g‘uliston aholisining faxri bo‘lgan bu ov turining bor-yo‘g‘i 70 nafar ashaddiy ishqibozi qolgan.
    «Fotojoin» nashri ana shu noyob ov jarayonidan ajoyib suratlarni jamladi.

    Uzoq yerga otlangan ovchi burguti bilan tuyada yo‘l bosadi.

    Ovchi va qush o‘rtasida do‘stona munosabat shakllanishi uchun burgutni polaponlik chog‘idanoq boqishadi.
    Usta va burgut bir-biriga o‘rganguncha to‘rt yilcha vaqt o‘tadi.

    Burgutlar odatda qirq yilcha umr ko‘radi va bu vaqtning ichida o‘zlari yashaydigan oilaning haqiqiy a’zosiga aylanadi.

    O‘lkada yashovchilar ov qila olmaydigan burgut uzoq yashay olmaydi degan fikrda.

    Burgut bilan ov qilish sirlarini bu yerda bolalikdan o‘rganib borishadi.
    Suratda afsonaviy ovchilardan birining 13 yoshli qizi aks etgan.

    Mana bunday «oyoqkiyim» ovchi burgutning ajralib turuvchi xususiyati hisoblanadi.

    Ov qushi yordamida qo‘lga kiritilgan o‘lja.

    Ovchilarning yana bir ishonchli yordamchilari otlardir.


    Burgutlarning asosiy o‘ljalari tulki va boshqa mayda jonivorlardir. Lekin shunga qaramay, ular yosh bo‘rilarni ham tuta oladi.

    Ovchi va burgutning uyi mana shunday ko‘rinishda bo‘ladi.

    Ushbu qadriyat Shimoli-g‘arbiy Mo‘g‘ulistondagi qozoqlar orasida saqlanib qolgan.

    Manba: Xabar.uz

    » » Burgut bilan ov qilish jarayoni lavhalarda
    Яндекс.Метрика