Xorazm viloyatiga yangi hokim tayinlandi

  • Jamiyat
  • 22-04-2018, 12:15
  • 1 493
  • Хоразм вилоятига янги ҳоким тайинланди
    Foto: «Gazeta.uz»
    Beruniy tumani hokimi Farxod Ermanov Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi, deb xabar berdi «Gazeta.uz».

    Ma’lumot uchun, Farxod Ermanov 1958 yilda tavallud topgan. U 1995-1998 yillarda Amudaryo tumani hokimi, 2004-2010 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri, 2010 yildan buyon esa Beruniy tumani hokimi lavozimlarida ishlab kelgan.

    Bu paytgacha viloyat hokimligi vazifasini Ilgizar Sobirov bajarib kelayotgan edi.

    » » Xorazm viloyatiga yangi hokim tayinlandi
    Яндекс.Метрика