23:47 / 22.04.2018
9 142

Toshkent shahrida 3.27 yo‘l belgisi nima uchun ko‘pligiga oydinlik kiritildi

Toshkent shahrida 3.27 yo‘l belgisi nima uchun ko‘pligiga oydinlik kiritildi
“Hozirgi kunda Toshkent shahridagi yo‘llar to‘liq ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Bunda “To‘xtash taqiqlangan” va “To‘xtab turish taqiqlangan” yo‘l belgilariga alohida e’tibor berilmoqda. Ularning o‘rnatilishi bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda, to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekani o‘rganilmoqda”, - dedi Barat Mamenov.

U, shuningdek shu belgilarning o‘rnatilishiga ham izoh berib, bir vaqtlar ushbu belgilar o‘rnatilgan yo‘l chetida avtotransport vositalarining to‘xtashiga ruxsat etilmagan bino yoki inshoot bo‘lgani sababli shunday belgilar o‘rnatilganini qayd etdi. Ammo bugungi kunga kelib, o‘sha ob’ekt yoki yo‘l belgisi o‘z mohiyatini yo‘qotgan bo‘lishi mumkin.

Ushbu o‘rganishlar chog‘ida belgilarning umuman olib tashlangan holatlari ham bo‘lmoqda. Ba’zi hollarda, “To‘xtash taqiqlangan” (3.27) yo‘l belgisi “To‘xtab turish taqiqlangan” (3.28) belgisiga almashtirilmoqda.

“Biroq Toshkent shahri yo‘llari bo‘ylab 3.27 yoki 3.28 belgisini butunlay olib tashlash maqsadga muvofiq emas. Chunki haydovchilar bu holatda yo‘l chetining istagan qismiga transport vositalarini qoldirib ketishi oqibatida yo‘llarning avtomobillarni o‘tkazuvchanligiga putur yetadi”, - dedi Barat Mamenov.

YHXB boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, ayni o‘rganishlar davomida yo‘l belgilari, svetofor chiroqlarining muddati ham atroflicha o‘rganilib, zarur holatlarda svetofor chiroqlari intervali o‘zgartirilmoqda.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahrida 3.27 yo‘l belgisi nima uchun ko‘pligiga oydinlik kiritildi