O‘zbekiston harbiy xizmatchilarining xizmat davri muddati oshirildi va shu yo‘l bilan ularning pensiya yoshi ham ko‘tarildi, deb yozadi Norma.uz.
O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining rezervida xizmat qilish to‘risida”gi qonunlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar 2018 yilning 19 oktyabridan kuchga kiradi.
Hujjatlarga ko‘ra, kichik ofitserlar (leytenant, katta leytenant, kapitan, kapitan-leytenant) uchun xizmatning so‘nggi muddati ikki yilga — 43 yoshdan 45 yoshgacha oshirilgan.
Barcha katta ofitserlar (mayor, podpolkovnik, polkovnik, 3-, 2-, 1-darajali kapitanlar) uchun pensiya yoshi 50 yoshni tashkil etadi. Ilgari mayorlar, podpolkovnik va 3- va 2-darajali kapitanlar 45 yoshdan pensiyaga chiqishlari mumkin edi.
Generallar tarkibining maksimal yoshi avvalgidek — 60 yosh darajasida qolgan.
Shuningdek, rezerv qo‘shinlari razryadida bo‘lish yoshiga ham o‘zgartirish kiritildi.
Shuningdek, kiritilayotgan o‘zgartirishlar bilan Harbiy qasamyod matni ham qonunga kiritilmoqda. Qasamyod matni avvalgisidan farq qilmaydi va quyidagi ko‘rinishga ega:
«Men (familiyasi, ismi, otasining ismi) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga kirar ekanman, xalqimga, Prezidentimga sodiq bo‘lishga tantanali qasamyod qilaman.
Men O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini va qonunlarini muqaddas bilib, ularga rioya etishga, harbiy nizomlarni, qo‘mondon va boshliqlarning buyruqlarini so‘zsiz bajarishga, harbiy intizomga qat’iy rioya qilishga, halol, jasur va sergak jangchi bo‘lishga qasamyod qilaman.
So‘nggi nafasim qolguncha ona Vatanimning sadoqatli farzandi bo‘lib qolishga, harbiy xizmatning butun mashaqqati va qiyinchiliklarini sabot bilan yengishga, davlat va harbiy sirlarni mustahkam saqlashga ajdodlarim ruhi oldida qasamyod qilaman.
Jonajon O‘zbekistonimning nurli istiqboli uchun uning davlat manfaatlari va mustaqilligining himoyachisi bo‘lishga qasamyod qilaman.
Agar men ushbu tantanali qasamyodimni buzsam qonunlarda belgilangan jazoga va xalqimning nafratiga mubtalo bo‘lay». “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi