08:02 / 25.04.2018
31 948

Garovsiz va kafilsiz kredit olsa bo‘ladimi?

Garovsiz va kafilsiz kredit olsa bo‘ladimi?
Mazkur masala Aholi bandligini ta’minlash uchun tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom (AV. ro‘yx. raq. 2975, 22.02.2018 y.) bilan tartibga solinadi, deb yozadi telegramdagi “Huquqiy axborot” kanali.

Nizomga muvofiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishini tashkil etish, shaxsiy tomorqa uchastkalarida mahsulot yetishtirish va chorvachilik bilan shug‘ullanish uchun banklar tomonidan tuman (shahar)dagi sektor rahbari, tuman (shahar) hokimining o‘rinbosari – xotin-qizlar qo‘mitasi hamda mahalla fuqarolar yig‘ini raislari tomonidan beriladigan tavsiyanoma asosida aholiga 3 oydan 6 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan, eng kam ish haqining 100 baravari miqdorigacha (17 224 000 so‘mgacha) yillik 7 foiz stavkada 3 yil muddatga mikrokreditlar ajratiladi.

Bunda banklar ichki kredit siyosatiga muvofiq qarz oluvchilarga ta’minot turlaridan birini (garov, kafil, sug‘urta polisi) talab qilmasdan blankli (ishonchli) kredit berish huquqiga ega.

Mazkur mikrokreditlar pul o‘tkazish yo‘li bilan ajratiladi. Shu bilan birga maqsaddan kelib chiqqan holda mikrokredit summasining 30 foizi miqdoridagi qismi naqd pul ko‘rinishida berilishi mumkin.

Manba: Mulohaza.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Garovsiz va kafilsiz kredit olsa bo‘ladimi?