21:30 / 25.04.2018
5 414

Urganch tumanida poni otlariga ega birinchi bolalar bog‘chasi ish boshladi

Urganch tumanida poni otlariga ega birinchi bolalar bog‘chasi ish boshladi
Foto: Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati
Xorazm viloyati Urganch tumanidagi G‘oybu qishlog‘ida joylashgan “Shirintoy” bolalar bog‘chasiga Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning tashrifi arafasida ikkita poni oti olib kelindi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligining matbuot xizmatiga tayanib Daryo xabar bermoqda.

Endilikda ushbu bog‘chada tarbiyalanayotgan bolalar ippoterapiya ya’ni ot ustida yurish orqali fizioterapiya muolajasini olishlari mumkin bo‘ladi.

“Psixologiya nuqtai nazaridan ot bilan aloqa insonda ijobiy hissiyot uyg‘otadi. Uning baquvvat bo‘lishiga ko‘maklashadi”, — deyiladi xabarda.

“Shirintoy” bolalar bog‘chasidagi oltita guruhda 120 nafar tarbiyalanuvchi bo‘lib, unda sport, rus va ingliz tillari bo‘yicha guruhlar mavjud.

Mahalliy aholi vakillari takliflariga ko‘ra, maktabgacha ta’lim muassasasida yana ikkita qisqa muddatli tayyorlov guruhlari ochildi va hozirda ularda 50 nafar bola tarbiyalanmoqda.

Bolalar bog‘chasi 2,6 milliard so‘m miqdoridagi investitsiyalar hisobiga barpo etildi.

Maktabgacha ta’lim vazirligi Agrippina Shin bog‘chada bolalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi va ta’lim jarayoni bo‘yicha tavsiyalar berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Urganch tumanida poni otlariga ega birinchi bolalar bog‘chasi ish boshladi