08:31 / 26.04.2018
3 861

Xorijlik mehmonlar Qashqadaryo sayohatidan o‘zgacha zavq olishdi (fotojamlanma)

Xorijlik mehmonlar Qashqadaryo sayohatidan o‘zgacha zavq olishdi (fotojamlanma)
Germaniya, Fransiya, Shveysariya, Braziliya, Buyuk Britaniya va Singapur mamlakatlaridan 100 dan ziyod sayyoh Qashqadaryo viloyatga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasidan KUN.UZ'ga xabar berishlaricha, sayyohlar orasida O‘zbekistonga oddiy turistlar qatorida kelgan Singapur bosh vaziri o‘rinbosari Teo Chi Xan ham bo‘lgan.

Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab poyezdda sayohat qilayotgan sayyohlarni Qamashi tumani hokimi va Qashqadaryo viloyati Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi vakili tantanali ravishda kutib olishgan.

Xorijlik mehmonlar Qamashi tumanida bo‘lib, mahalliy xalq madaniyati va an’analari bilan tanishishgan.

Mehmonlar o‘zbek xalqining “Kelin salom” va bolani beshikka belashga bag‘ishlangan “Alla”sini katta qiziqish bilan qarshi olishdi.

O‘zbek raqslari, doira sadolari hech kimni befarq qoldirmadi - xorijlik sayyohlar ham mahalliy xalqqa qo‘shilib mazza qilib raqsga tushishdi.

To‘kin dasturxon atrofidagi mehmondorchilikdan keyin sayyohlar ulug‘vor Oqsaroy va boshqa diqqatga sazovor maskanlarni ko‘rish uchun Shahrisabzga yo‘l olishdi.







arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorijlik mehmonlar Qashqadaryo sayohatidan o‘zgacha zavq olishdi (fotojamlanma)