20:57 / 03.05.2018
80 519

2018 yil uchun muborak «Ramazon oyi»ning taqvimi e’lon qilindi

2018 йил учун муборак "Рамазон ойи"нинг тақвими эълон қилинди
Joriy yildagi Ramazon oyi 16 may kunidan boshlanishi aytilmoqda. Oy ko‘rinishiga qarab bu bir kunga o‘zgarishi mumkinligini ham ta’kidlash kerak.

“Ramazon oyi – odamlar uchun hidoyat (manbai) va to‘g‘ri yo‘l hamda ajrim etuvchi hujjatlardan iborat Qur’on nozil qilingan oydir” (Baqara surasi, 183-oyat).

Saharlik (og‘iz yopish) duosi: Navaytu an asuma sovma shahri Ramazona minal fajri ilal mag‘ribi, xolisan lillahi ta’ala. Allohu akbar! Ya’ni, Ramazon oyining ro‘zasini tong otgandan kun botgunigacha xolis Alloh uchun tutishni niyat qildim. Allohu akbar.

Iftorlik (og‘iz ochish) duosi: Allohumma laka sumtu va bika amantu va a’alayka tavakkaltu va ’ala rizqika aftartu, fag‘firli, ya G‘offaru, ma qoddamtu vama axxortu. Ya’ni, Yo Alloh, Senga imon keltirib, Senga tavakkal qilib, Sen uchun ro‘za tutdim. Sen bergan rizq bilan iftor qildim. Ey gunohlarni kechirguvchi Zot, Oldingi va keyingi gunohlarimni kechir. Omin!

Eslatib o‘tamiz, Muborak Ramazon oyining 26-kunidan 27-kuniga o‘tar oqshom Qadr kechasi (Laylatul qadr) dir.

Quyoshning chiqishi, botish (ch,b) vaqtlaridagi farq (daqiqalar) quyidagicha ko‘rinishda bo‘lishi aytilmoqda.


Manba: Uznews.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2018 yil uchun muborak «Ramazon oyi»ning taqvimi e’lon qilindi