09:49 / 06.05.2018
4 062

Chirchiqda kollej o‘quvchisi do‘kondan 5,5 mln so‘m o‘g‘irladi

Chirchiqda kollej o‘quvchisi do‘kondan 5,5 mln so‘m o‘g‘irladi
Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida 3 may kuni noma’lum shaxs Sharof Rashidov ko‘chasida joylashgan «Umid bahori» savdo do‘koni sotuvchisini dog‘da qoldirdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi, deb yozmoqda Daryo nashri.

U shu kuni soat 12:00 atrofida sotuvchi S.M.ni chalg‘itib, stol tagida bo‘lgan 5,5 million so‘mni o‘g‘irlab ketdi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Bo‘stonliq tumanida yashovchi kollej o‘quvchisi N.M. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.

Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chirchiqda kollej o‘quvchisi do‘kondan 5,5 mln so‘m o‘g‘irladi