Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida 8 may kuni mudhish yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida yashagan A.Sh. “Neksiya” rusumli avtomashinasini M-39 “Toshkent-Termiz” yo‘lining 953-km.da haydab ketayotib uxlab qolishi oqibatida, yo‘lning marzasida to‘xtab turgan, Toshkent viloyatida yashovchi Sh.B. boshqaruvidagi “MAN” yuk avtomashinasining tirkamasiga urilib to‘qnashuv sodir etgan.
Natijada “Neksiya” avtomashinasi haydovchisi A.Sh. va uning yo‘lovchisi E.X. jarohat olib voqea joyida hamda qolgan ikki yo‘lovchilari jarohat olib kasalxonaga keltirilganlarida vafot etganlar, shuningdek, yana bir yo‘lovchi R.O. kasalxonaga yotqizilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi