2017 yil 16 oktyabr kuni 1974 yilda tug‘ilgan M.A. «Chorsu» bozori avtoturargohida 1993 yilda tug‘ilgan «Chorsu plaza» savdo majmuasi ish yurituvchisi Sh.A.ni uchratib qoladi. Ular o‘zaro suhbatlashishgach, gap uy-joy masalasiga yetib keladi.
M.A. o‘zini «Borixon Qurulish Servis» MChJ rahbari deb tanishtirib, paytdan foydalanib, qing‘ir rejalarini amalga oshirishga kirishadi. Sh.A.ni Quyichirchiq tumanidan uzoq muddatli kredit asosida namunali uy olib beraman, deb ishontiradi. Boshlang‘ich to‘lov sifatida 54 000 000 so‘m pullarini olib, o‘z ehtiyojiga ishlatib yuboradi.
Sh.A. 2017 yilda 167-2 «g» bilan sudlangan edi. Bundan tegishli xulosa chiqarmagan chog‘i, yana «eski kasbi»ga tomiri tortdi.
Namunali uy olib beraman deb aldagani yetmay, 2017 yili kuni Yashnobod tumanidagi «Milliy taomlar» ovqatlanish joyida 1988 yilda tug‘ilgan, uy bekasi, mirobodlik T.Gni aldab, «Sergeli tumanidan ko‘p qavatli uyni uzoq muddatli kredit asosida olib beraman», deb firibgarlik yo‘li bilan Yangiyo‘l tumanida qurilayotgan kottejini 15 yil muddatga kredit shartnomasi asosida sotishi haqida shartnoma tuzib, undan 45 000 000 so‘m pullarini olib, o‘z ehtiyojiga ishlatib yuboradi.
Hozir ushbu holatlar bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-3 «a,b» bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.
Manba: Xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Tojikiston Turkiya fuqarolari uchun viza rejimini joriy etdi
O‘zbekistonda milliy kontent yaratishdagi muammolar muhokama qilindi