18:05 / 13.05.2018
10 416

Toshkent shahar hokimi: "Menga ham bu hokimlik azob. Maza qilib yashab yurgandim"

Тошкент шаҳар ҳокими: "Менга ҳам бу ҳокимлик азоб. Маза қилиб яшаб юргандим"
Jahongir Ortiqxo‘jayev (markazda) va Olmazorning yangi hokimi Baxtiyor Rahmonov (o‘ngda).
Foto: «Kun.uz»

Toshkentning har bir yeri markazga aylanishi kerak. Bu haqda shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev Olmazor tumanining yangi hokimini tanishtirish jarayonida aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda «Kun.uz».

12 may kuni Toshkentning uchta tumani hokimlari o‘zgardi. Xususan, shu vaqtgacha Sergeli tumaniga hokimlik qilib kelgan Baxtiyor Rahmonov endi Olmazor tumaniga rahbarlik qiladi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan yig‘ilishda Jahongir Ortiqxo‘jayev ham qatnashgan.

Uning fikricha, shahar chet eldan kelgan mehmonlar uchun qanchalik qulay bo‘lsa, shaharning doimiy aholisi uchun ikki barobar qulay ko‘rinish oladi.

«Chet eldan kelgan mehmon Toshkentning markazini qidirib topa olmasligi kerak — u qayerga borsa, o‘sha yerni markazga aylantirish kerak. Agarda chet eldan kelgan mehmon o‘zini qulay his qilsa, mahalliy aholi o‘zini ikki barobar qulay his etadi», — degan u.

Ortiqxo‘jayevning qayd etishicha, uning uchun hokimlik — azob, hokim etib tayinlanguniga qadar «maza qilib yashab yurgan» edi.

«To‘g‘risi, yoshligimdan tadbirkorlik bilan shug‘ullanganim bilan, xalqqa ham foydamiz tegishi kerak. Qo‘limizdan kelgancha harakat qilib keldik. Men aytmoqchi bo‘lgan narsa – menga ham bu hokimlik azob. To‘g‘risini aytaman, maza qilib yashab yurgan edim. Ammo men shu sohaga qiziqyapman va Toshkent shahri xalqiga astoydil xizmat qilaman», — deb aytgan Jahongir Ortiqxo‘jayev.

«Akfa» kompaniyalar guruhi asoschisi, «Artel» kompaniyasi rahbari hisoblangan Jahongir Ortiqxo‘jayev 26 aprel kuni Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahar hokimi: "Menga ham bu hokimlik azob. Maza qilib yashab yurgandim"