00:29 / 15.05.2018
4 987

Toshkent shahrida yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi (foto)

Toshkent shahrida yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi (foto)
Foto: IIBB axborot xizmati
Bugun, 14 may kuni soat 8:30da Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasiga Chilonzor tumani Zargarlik ko‘chasida №94-yo‘nalish bo‘ylab harakatlanayotgan avtobusning yonib ketgani haqidagi xabar kelib tushdi, deb xabar bermoqda shahar IIBB axborot xizmati.

Qayd etilishicha, soat 8.34da voqea joyiga o‘t o‘chirish xizmatining jangovar jamoasi yetib borgan.

Soat 8.42da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Qurbonlar va jarohat olganlar yo‘q. Yong‘in kelib chiqishiga yoqilg‘i tizimida yuzaga kelgan nosozlik taxmin qilinmoqda va hozirda tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Foto: Voditeli Tashkenta

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahrida yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi (foto)