10:38 / 16.05.2018
3 844

Amerikalik bolalar Shavkat Mirziyoyevni o‘zbekcha kalom bilan kutib oldi (video)

Amerikalik bolalar Shavkat Mirziyoyevni o‘zbekcha kalom bilan kutib oldi (video)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 15 may kuni rasmiy tashrif bilan AQShga keldi.

Davlatimiz rahbarini «Endryus» aeroportida AQSh hukumati a’zolari kutib oldi.

Bo‘lajak oliy darajadagi muloqotga har ikki tomon ham katta e’tibor bilan qaramoqda. AQSh ma’muriyati O‘zbekiston Prezidenti tashrifini tarixiy deb baholamoqda.

Shavkat Mirziyoyev 16 may kuni Oq uyda Donald Tramp bilan uchrashadi. Muzokaralar avval tor doirada, keyin keng doirada bo‘lib o‘tadi.

Prezidentimiz 17 may kuni AQSh Davlat kotibi, mudofaa vaziri, kongressmenlar va senatorlar, Jahon banki prezidenti bilan uchrashuvlar o‘tkazib, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi.

Rasmiy tashrif natijalari bo‘yicha ikki davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti qabul qilinishi, shuningdek, 40 dan ortiq hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.



Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Amerikalik bolalar Shavkat Mirziyoyevni o‘zbekcha kalom bilan kutib oldi (video)