Toshkent shahar hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Shuhrat Turdiqulov raisligidagi fuqarolar qabuli davomida, sportning Turon yakka kurashi turi bo‘yicha xalqaro turnirlar g‘olibi Nargiza Vahobxo‘jayeva, O‘zbekiston terma jamoasi yarimhimoyachisi Odil Ahmedov va boshqa qator sportchilar Toshkent shahrida masjid qurish istagi borligini ma’lum qilishdi, deb xabar beradi uz24.uz.
Sh.Turdiqulov sportchilarning tashabbusini qo‘llab-quvvatladi va Sergeli tumanida aholi ko‘payib borayotgani va u yerda tashkil etilayotgan yangi mahallalarda masjidga ehtiyoj borligini aytdi.
Muloqot davomida N.Vahobxo‘jayeva boshchiligidagi sportchilarning poytaxtdagi «Islom ota», «Xo‘ja Alambardor», «Shayx Zayniddin» kabi jome’ masjidlari tozaligi va obodligiga hissa qo‘shib kelayotgani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, ular Haj ziyoratiga ketayotgan yurtdoshlarimizga ham ko‘maklashib kelayotgan ekan.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?