Donald Tramp va Shavkat Mirziyoyevning Oq uyda kechgan suhbati (to‘liq matni)

  • Jamiyat
  • 17-05-2018, 13:15
  • 937
  • Дональд Трамп ва Шавкат Мирзиёевнинг Оқ уйда кечган суҳбати (тўлиқ матни)
    Foto: «Getty Images»
    AQSh Prezidenti Donald Tramp va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oq uyda kechgan suhbati va davlat rahbarlarining jurnalistlar savollariga bergan javoblari matni e’lon qilindi. Quyida ularni to‘liq keltiramiz.

    Prezident Tramp:
    — Sizga katta rahmat. O‘zbekiston Prezidentining tashrifi biz uchun juda katta sharafdir. Janob prezident o‘z yurtida va butun dunyoda hurmatga sazovor kishidir. Biz ko‘p masalalarda, jumladan, savdo-sotiq bo‘yicha juda yaqin aloqadamiz. Ular bizga investitsiya keltirgan, biz ham ularga investitsiya kiritamiz.

    Biz shuningdek harbiy sohada, jumladan, AQShdan harbiy qurollar va jihozlar sotib olish masalasida hamkorlik qilmoqdamiz. Janob prezident, siz juda hurmatli insonsiz. Rahmat.

    Prezident Mirziyoyev:
    — Janob prezident, sizga katta rahmat. Bugun biz tarixiy uchrashuv o‘tkazmoqdamiz. Bilamizki, AQSh O‘zbekiston mustaqillikka erishgan ilk davrlardan boshlab uning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlagan. Biz bundan minnatdormiz.

    AQSh va O‘zbekistondagi prezident saylovlaridan keyin aloqalarimiz yana yangi bosqichga ko‘tarildi.

    Janob prezident, men sizni so‘nggi saylovdagi g‘alaba bilan tabriklayman, sizning rahnamoligingizda iqtisodiy sohada ulkan yutuqlarga erishilmoqda. Shuningdek, tarixiy soliq islohotlari natijasida yaratilgan ish o‘rinlari, yaxshi marralar bilan muborakbod etaman. Bu natijalar Amerika xalqi uchun qilgan mehnatingiz, shaxsiy tashabbusingiz samarasi hamdir.

    Prezident Tramp:
    — Fikringizga 100 foiz qo‘shilaman (kuladilar).

    Prezident Mirziyoyev:
    — Haqiqatan ham bizning ar-Riyod, shuningdek, Nyu-Yorkdagi so‘nggi uchrashuvlarimiz, o‘rtadagi telefon muloqoti — bular bugungi tarixiy uchrashuvga zamin hozirladi va sizning dunyo biznes ahliga yo‘llagan tarixiy murojaatingiz ulkan samara berdi.

    Shuningdek, biz AQSh va O‘zbekiston o‘rtasida strategik sherikchilik to‘g‘risidagi shartnoma borligini yana bir bor ta’kidlaymiz.

    Janob prezident, biz oxirgi bir yarim yil davomida investitsiyalar borasida AQSh bilan yaqin hamkorlik qilib kelmoqdamiz. Oxirgi vaqtda biz Qo‘shma Shtatlardan juda ko‘p texnologiyalar va asbob-uskunalarni sotib olmoqdamiz.

    Avval ta’kidlaganimdek, bu tarixiy uchrashuvdir. Biz AQSh kompaniyalari bilan qariyb 5 milliard dollarlik shartnoma va kelishuvlar tuzish niyatidamiz. Sizga aytganim kabi bu AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sherikchilikning yangi bosqichidir.

    AQShda ko‘rsatilayotgan hurmat-e’tibor va mehmondo‘stlik uchun tashakkur.

    Prezident Tramp:
    — Tashakkur. Bu men uchun sharaf.

    Prezident Mirziyoyev:
    — Katta rahmat.

    Prezident Tramp:
    — Barchaga rahmat.

    Jurnalist:
    — Kim (Kim Chen In — tahr. izohi) uchrashuvni bekor qilishi haqida nima deysiz? Shimoliy Koreya bilan sammit tashkil etiladimi?

    Prezident Tramp:
    — Ko‘ramiz.

    Jurnalist:
    — Shimoliy Koreya bilan uchrashuv rejasi bekor qilinmaydimi?

    Prezident Tramp:
    — Yakuniy xulosa yo‘q. Biz hali hamma narsadan xabardor emasmiz. Ko‘ramiz hali.

    Jurnalist:
    — Harbiy mashg‘ulotlarni to‘xtatasizmi?

    Prezident Tramp:
    — Biz hamma tafsilotni ko‘rmadik, eshitmadik. Nima bo‘lsa ko‘ramiz.

    Prezident Mirziyoyev:
    — Haqiqatan ham bugungi uchrashuv butun dunyodagi o‘zbeklar uchun juda qimmatli, ta’sirlidir.

    » » Donald Tramp va Shavkat Mirziyoyevning Oq uyda kechgan suhbati (to‘liq matni)
    Яндекс.Метрика