Talaba oliy ta’lim muassasasidan qanday hollarda chetlashtiriladi?

  • Jamiyat
  • 20-05-2018, 20:55
  • 569
  • Талаба олий таълим муассасасидан қандай ҳолларда четлаштирилади?
    Oliy ta’lim muassasasidan talabalar qanday hollarda chetlashtirilishi mumkinligi haqida Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida ma’lumot berildi deb ma’lum qildi Xabar nashri.

    Bu quyidagi hollarda amalga oshadi:
    • o‘z xohishiga binoan;
    • o‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
    • salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
    • o‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun;
    • bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
    • o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun);
    • talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
    • vafot etganligi sababli.

    Belgilangan muddatlarda fanlarni o‘zlashtira olmagan (akademik qarzdor bo‘lgan) talaba oliy ta’lim muassasasi rektori buyrug‘i bilan kursdan qoldiriladi.

    Akademik qarzdorligi tufayli kursdan qoldirilgan talaba to‘lov-kontrakt asosida o‘qishini quyi kursdagi o‘quv semestri boshidan boshlashi mumkin.

    » » Talaba oliy ta’lim muassasasidan qanday hollarda chetlashtiriladi?
    Яндекс.Метрика