18:31 / 21.05.2018
13 127

Er xotinining o‘ziga nisbatan sadoqatini tekshirib ko‘rmoqchi bo‘ldi-yu… (video)

Er xotinining o‘ziga nisbatan sadoqatini tekshirib ko‘rmoqchi bo‘ldi-yu… (video)
Bundan ikki yil oldin «YouTube» kanalida g‘alatomuz rolik paydo bo‘lgandi. Bu rolikni Qirg‘izistonning O‘sh viloyatilik Erlan Ilyosov va Qanot Sharipbekovlar suratga olishgan.

Videorolik syujeti quyidagi mazmunga ega.

Er xotinining sadoqatini amalda sinab ko‘rish uchun tashqarida yurganidan foydalanib, qog‘ozga ortiq u bilan birga yashay olmasligini, ajrashishga qaror qilganini, shuning uchun uydan ketishini qisqa satrlarda yozib qoldirdi. O‘zi esa karavot ostiga berkinib, xotinining reaksiyasini kuta boshladi.

Xotini uyga kirdi. Ko‘zgu qarshisiga bordi. Daf’atan maktubga ko‘zi tushdi-yu, o‘qib chiqdi va qo‘liga ruchka olib nimalarnidir yozgan bo‘ldi-yu, telefonini olib kimgadir qo‘ng‘iroq qilib dedi:

— Azizim, ishonasizmi, o‘zi ketdi! Nima qilib shunga turmushga chiqqan ekanman! Mayli, endi afsuslanmayman! Siz borsiz-ku! Hozir bir necha daqiqada yoningizga yetib boraman!..

Er bu gaplarni eshitgach, bo‘laricha bo‘lgandi. Xotini kiyimini almashtirib chiqib ketishi bilan jonholatda karavot ostidan chiqdi-da, qo‘liga javob maktubi bitilgan qog‘ozni oldi. Unda quyidagi so‘zlar bitilgandi:

— Berkingan odam tuzuk-quruq berkinadi-da! Karavot ostidan oyog‘ingiz chiqib turibdi-ku! Men nonga chiqib ketyapman! Tez kelaman!..

Ana sizga sadoqat-u, ana sizga ayolning hiylasi! Azizlar, yostiqdoshlarimizga, dardkashlarimiz bo‘lmish turmush o‘rtoqlarimizga ishonaylik! Shundagina oilaviy hayotimizda mazmun bo‘ladi!..

Darvoqe, o‘sha videorolik ikki yil ichida 25 milliondan ko‘proq tomoshabin yig‘ibdi.


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Er xotinining o‘ziga nisbatan sadoqatini tekshirib ko‘rmoqchi bo‘ldi-yu… (video)