18:57 / 21.05.2018
5 366

Abdulla Qurbonov: "Avtohalokat atay uyushtirilgandi..."

Абдулла Қурбонов: "Автоҳалокат атай уюштирилганди..."
Xonanda Abdulla Qurbonov suhbatlarning birida 2002 yil o‘zi bilan sodir bo‘lgan avtohalokat haqida gap ochdi...

O‘shanda u ukasi bilan avtohalokatga uchragan va buni atay uyushtirilgan holat, deb ta’rifladi.

— Erta tongda oilam uchun Ko‘kcha bozoridan non, qaymoq olib, bir do‘stim sovg‘a qilgan Neksiya mashinasida ukam bilan uyga qaytayotganimizda ko‘p qavatli uylar orasidan chiqqan Moskvich yo‘limda turib oldi. To‘qnashuvdan saqlanib, rulni burganimda mashinam dumalab ketdi. Moskvichda o‘tirgan to‘rt yigitning hech biri yordam bermay, ko‘zdan g‘oyib bo‘lishgan. Uyushtirilgan bo‘lmaganida ularga zarar yetkazmaslik maqsadida jonimizni xavfga qo‘yganim uchun rahmat evaziga yordam berishi kerak emasmidi?!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Abdulla Qurbonov: "Avtohalokat atay uyushtirilgandi..."