22:50 / 23.05.2018
5 423

Firibgar qamoqda o‘tirib ham yana bir odamni chuv tushirdi

Firibgar qamoqda o‘tirib ham yana bir odamni chuv tushirdi
Shu yilning 20 may kuni Buxoro viloyatining Peshku tumanida maktab o‘qituvchisi N.Sh. IIBga murojaat qildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Joriy yilning yanvar oyida noma’lum shaxs uning mobil telefoniga qo‘ng‘iroq qilgan va o‘zini Navoiy viloyatida yashovchi Aziz Umidov deb tanishtirib, hozirda Namangan viloyati Pop tumanidagi JIEKda jazo muddatini o‘tayotgan turmush o‘rtog‘i R.R.ni muddatidan oldin ozodlikka chiqarib berishini, buning evaziga 2.800 AQSh dollarini yo‘lovchi taksi orqali Buxoro shahriga yuborishini aytadi.

N.Sh. unga ishonib notanish haydovchi orqali pulni berib yuborgan. Natijada noma’lum shaxs bergan va’dasini bajarmagan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni hozirda Buxoro viloyati JIEKda jazo muddatini o‘tayotgan J.T. sodir etganligi aniqlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Firibgar qamoqda o‘tirib ham yana bir odamni chuv tushirdi