18:53 / 25.05.2018
5 073

16 yil farzand kutgan toshkentlik oila birvarakayiga 3 o‘g‘illi bo‘ldi

16 yil farzand kutgan toshkentlik oila birvarakayiga 3 o‘g‘illi bo‘ldi
Voqeaga aloqador bo‘lmagan illyustrativ surat.
Foto: «troe.tv»

Bugun, 25 may kuni poytaxtdagi Xo‘ja Ahrori Valiy jome masjidi imom-xatibi juma namozidan so‘ng jamoatdan bir oila haqiga alohida duo qilishni so‘rab shunday dedi, deb yozadi Xabar nashri:

— Kuni kecha bo‘lgan voqeani eshitib Yaratganning marhamati kengligiga yana bir karra iymon keltiramiz. Bir yurtdoshimiz oilasi bilan 16 yil farzand kutibdi. Shuncha yillik iltijolar ijobati bilan ahli ayoli birdaniga uch o‘g‘ilni dunyoga keltiribdi. Ularga Muhammada’lo, Muhammadali, Muhammadamin deb ism qo‘yibdilar. Bizning oldimizga kelganiga sabab mana shu farzandlarining haqiga duo qilib qo‘yishimizni so‘radilar. Farzandlarning kichkinasi Muhammadamin nimjonroq tug‘ilgani bois alohida davolanish kursini o‘tayotgan ekan. Ota-onaga har bir farzand jondan aziz-da! Shu kichkina Muhammadamin uchun jamoatimizdan alohida duo so‘radi. Duo qilamiz, shu uchala o‘g‘il bir-birlarini yetaklab ulg‘ayishsin va eliga, yurtiga, diniga xizmat qiladigan azamat yigitlar bo‘lib voyaga yetishsin.

O‘z navbatida tahririyatimiz jamoasi ham bu duolar ijobatini tilab qoladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 16 yil farzand kutgan toshkentlik oila birvarakayiga 3 o‘g‘illi bo‘ldi