20:16 / 26.05.2018
5 585

Eshak o‘g‘irlab so‘yib, terisini sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh fosh etildi

Eshak o‘g‘irlab so‘yib, terisini sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh fosh etildi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtakor tuman sudining Mingchinor qishloq fuqarolar yig‘ini binosida bo‘lib o‘tgan ochiq sud majlisida sudlanuvchilar A.B., N.I., A.H. va O‘.Q.larning qilmishlariga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Bu guruh aholining eshaklarini o‘g‘irlash va so‘yib, terisini o‘rtacha 150 ming so‘mdan pullash bilan shug‘ullanib kelgani aniqlangan. Jumladan Paxtakor tumani, Mingchinor QFY hududida joylashgan «Cho‘ldagi lola» fermer xo‘jaligi dala maydonida yurgan E.Qosimovga tegishli bo‘lgan bir bosh 150.000 so‘mlik besh yashar, bir bosh 130.000 so‘mlik ikki yashar bo‘lgan eshaklarni yashirin ravishda o‘g‘irlab voqea joyidan yashiringanlar. Shuningdek guruh a’zolari jabrlanuvchi Sh.Muhiddinovning hozirda Paxtakor tumani A.Temur SIUda joylashgan «Yashil bo‘ston yaprog‘i» fermer xo‘jaligi yer maydoni chetiga bog‘lab qo‘yilgan eshakni ham o‘g‘irlab ketganlar. Eshak egasi ertalab eshagi o‘z o‘rnida yo‘qligini bilib, atrofni izlab ko‘rgan, lekin uni topa olmagach, atrofdagilardan so‘ragan. Mahallada yashovchi yosh bolalardan biri kelib, unga dalaning chetida go‘sht borligini aytganida u o‘ziga tegishli eshagini oyog‘idagi ipidan taniydi va eshagini kimdir so‘yib, uning terisini go‘shtidan ajratib olib ketganligini aniqlaydi. Bu ish ham mazkur jinoiy guruh tomonidan amalga oshirilgan o‘z tasdig‘ini topdi.

Sud sudlanuvchilar A.B., N.I., A.H., O‘.Q.larni O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan aybli deb topdi va shu modda bilan oylik ish haqining 30 foizini davlat daromadiga ushlab qolish yo‘li bilan 2 (ikki) yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinladi.

Tayinlangan jazoni, jazo ijrosini nazorat qiluvchi organlar belgilab beradigan joylarda o‘tash belgilandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Eshak o‘g‘irlab so‘yib, terisini sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh fosh etildi