Kuni kecha Janubiy Koreya mamlakatida xalqaro Qur’on musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqada dunyoning turli davlatidan 70 ga yaqin qorilar ishtirok etishdi. Bu haqda azon.uz nashri xabar berdi.
Musobaqa faqat tilovat yo‘nalishida, 3 bosqichda o‘tkazildi. 1-bosqichda ishtirokchilar o‘zlari istagan joydan tilovat qilib berishdi.
Shunga qaramasdan keyingi bosqichga faqatgina 20 nafar ishtirokchi o‘ta oldi. Mazkur bosqichda ishtirokchilar hakamlar so‘ragan joydan Qur’onga qarab tilovat qilib berishdi.
Shundan so‘ng hakamlar qo‘ygan ballar hisoblanib, g‘oliblar aniqlandi.
Ishtirokchilar orasida O‘zbekistonlik Abdurahimov Abdurashid Qori Abdulhakim o‘g‘li birinchi o‘rinni egalladi. Yuqori natijani qo‘lga kiritganlarga diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.
Musobaqa g‘olibi Abdurashid qori haqida qisqacha ma’lumot beramiz.
Abdurahimov Abdurashid Qori Abdulhakim o‘g‘li 1996 yil 29 iyun kuni Andijon shahrida tug‘ilgan. Ilk bor otasida, so‘ng Andijon Qur’on ustozlaridan marhum Husayn Qoridadani qo‘l ostida tahsil olgan.
2012 yilda Qur’onni to‘liq yod olgan.
U ustozidan keyin u kishining o‘g‘li Ayubxon qorinining qo‘lida tahsilni davom ettirgan. Tijorat va tirikchilik maqsadida Koreyaga borgan qori Qur’on musobaqasining daragini eshitib, unda ishtirok etdi va xalqaro musobaqa g‘olibiga aylandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi