10:27 / 12.06.2018
19 841

Toshkentda voyaga yetmagan qiz "zo‘rlab" ketilgani aniqlandi

Тошкентда вояга етмаган қиз "зўрлаб" кетилгани аниқланди
Toshkent viloyati Toshkent tumanida yashovchi 23 yoshli yigit voyaga yetmagan, 2002 yilda tug‘ilgan 9-sinf o‘quvchisining ojizligidan foydalanib, u bilan jinsiy aloqa qilgan.

2018 yilning aprel oyida, 1995 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, ishlamaydigan, Toshkent viloyati Toshkent tumani A.Niyozov ko‘chasida yashovchi M.D. Toshkent viloyati Keles shahri Axunobod ko‘chasida, voyaga yetmagan 2002 yil 16 iyulda tug‘ilgan 40-maktabning 9-sinf o‘quvchisi, shu manzilda yashovchi S.D.ni ojizligidan foydalanib u bilan jinsiy aloqada bo‘lgani aniqlangan.

UzNews.uz”ning xabar berishicha, shifokorlar “zo‘rlangan” qizaloq S.D.ning qornida “4 haftalik homila” borligini aniqlashgan.

Ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga binoan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda voyaga yetmagan qiz "zo‘rlab" ketilgani aniqlandi