Imom Buxoriy yig‘lab duo qilgan alloma kim edi?

  • Jamiyat
  • 13-06-2018, 23:50
  • 1 280
  • Имом Бухорий йиғлаб дуо қилган аллома ким эди?
    Manbalarda zikr etilishicha, Imom Buxoriyning shogirdi Ishoq ibn Ahmad ibn Xalaf shunday hikoya qilgan ekan: “Bir kun ustoz huzurlarida o‘tirgan edik. Shu payt bir maktub keltirdilarki, unda Abdulloh ibn Abdurahmon ad-Dorimiyning vafoti haqida xabar qilingan edi. Bu noxush xabardan ustoz chuqur qayg‘uga botib, boshini quyi egdilar. Bir muddatdan keyin boshini ko‘tarib, ko‘zlari limmo-lim yoshga to‘lgan holda Qur’on tilovat qildilar va “Sening tirik bo‘lishing uchun do‘stlar hammasi jonlarini fido qilishga tayyor edilarku”, deb yuzlariga duoyi fotiha tortdilar”.

    Imom Buxoriydek alloma yuksak ehtirom bilan tilga olgan ad-Dorimiy kim edilar?

    Imom ad-Dorimiy (798-869) o‘z davrida ulug‘ hadisshunos olim sifatida katta shuhrat qozongan. Ilm ahli orasida beqiyos obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan alloma bir qancha muddat Samarqandda shayx ul-islom bo‘lgan. Manbalarda ta’kidlanishicha, u tabiatan vazmin, adolatparvar va haqiqatgo‘y, insof va diyonati barkamol inson bo‘lgan. Shu bois sulton tomonidan Samarqandning qozikaloni lavozimiga taklif qilingan. Rad javobini olsa-da, sulton o‘z fikrida qat’iy turib olgach, alloma rozi bo‘ladi. Ammo atigi bitta ish ko‘rilgach, u o‘zini bu lovozimdan ozod qilishlarini so‘ragan ekan...

    Bu ulug‘ allomaning “Al-Musnad”, “At-Tafsir”, “Al-Jomi’”, “As-Sulosiyot fi-l-hadis” kabi nodir asarlari bor.

    Manba: Kun.uz

    » » Imom Buxoriy yig‘lab duo qilgan alloma kim edi?
    Яндекс.Метрика