14:56 / 14.06.2018
4 897

Samarqandda o‘g‘il otasini o‘ldirib, daryoga tashlab yubordi

Samarqandda o‘g‘il otasini o‘ldirib, daryoga tashlab yubordi
Joriy yilning 9 iyun kuni Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumanidan oqib o‘tuvchi Zarafshon daryosidan daraxt shoxchalariga ilingan 45-50 yoshlardagi noma’lum erkak kishining jasadi topilgandi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasi marhum cho‘kib o‘lmaganini ko‘rsatdi.

Ko‘rilgan tezkor choralari natijasida ushbu jinoyatni marhum M.X.ning o‘g‘li Sh.M. shu yil 30 may kuni sodir etganligi aniqlandi. U uyida otasi mast holda janjal qilganligi uchun uni bo‘g‘ib o‘ldiradi.

Bundan xabardor bo‘lgan Sh.M.ning onasi Sh.X. u bilan birgalikda turmush o‘rtog‘ining jasadini gilamga o‘rab, ustiga temir jism bog‘lab, 31 may kuni Qoradaryoga tashlab yuboradi.

Ona-bola jinoyatchilar qo‘lga olindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda o‘g‘il otasini o‘ldirib, daryoga tashlab yubordi