O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 11 iyun kunidagi “Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori bilan 15 iyun dam olish kuni sifatida belgilanganligi sababli abituriyentlardan oliy ta’lim muassasalariga hujjatlar 16 iyundan boshlab qabul qilinadi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Avvalroq, qabul jarayoni 15 iyundan 15 iyulga qadar davom etishi belgilangan edi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil tashkil etilishi rejalashtirilgan OTM qabul test natijalari onlayn e’lon qilinadi. Test sinovlari kunduzgi, maxsus sirtqi va kechki (smenali) ta’lim shakli uchun har yili 1 avgustdan 15 avgustgacha bo‘lgan muddatda, qoida tariqasida, kuniga ikki smenada o‘tkaziladi. Birinchi smena soat 08:00 da, ikkinchi smena soat 15:00 da boshlanadi.
Test topshiriqlarini bajarish uchun 30 ta test topshirig‘iga 1 soat, 60 ta test topshirig‘iga 2 soat, 90 ta test topshirig‘iga 3 soat vaqt belgilanadi. Bunda e’tibor berish kerakki, bu vaqt javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga berilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq kimlar test imtihonlaridan ozod etilishi haqida ma’lumot berilgandi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi