19:39 / 14.06.2018
5 295

Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi (foto)
Foto: «President.uz»
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan futbol bo‘yicha jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Moskvaga tashrif buyurdi.

«Vnukovo-2» xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbari futbol bayramiga xos ko‘tarinki muhitda kutib olindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Taomilga ko‘ra, Prezidentni futbol bo‘yicha 2018 yilgi jahon chempionatining ramzi — bo‘ri «Zabivaka» qarshi oldi.

Shavkat Mirziyoyev «Mundial»ning rasmiy to‘piga dastxat qo‘ydi.

Foto: «President.uz»
Davlat rahbari o‘g‘li Miralisher va nabirasi Miromon bilan bo‘ri «Zabivaka» yonida suratga tushdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi (foto)