22:53 / 14.06.2018
4 402

Prezident Toshkent shahrini aylanishi kutilmoqda

Prezident Toshkent shahrini aylanishi kutilmoqda
Rossiya Federatsiya poytaxtidagi "Lujniki" stadionida futbol bo‘yicha XXI jahon chempionatining ochilish uchrashuvi - Rossiya - Saudiya Arabistoni o‘yinini kuzatayogan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 iyun - Iyd Al-Fitr, Ramazon hayitining birinchi kuni Toshkent shahrini aylanishi kutilmoqda. KUN.UZ o‘z manbasiga asoslanib, shu haqida xabar berdi.

Prezident kuni kecha vafot etgan Toshkent shahrining sobiq imom-xatibi - marhum Anvar qori Tursunov xonadonida bo‘lishi aytilmoqda.

Shuningdek Shavkat Mirziyoyev poytaxtdagi Hazrati Imom masjidi va yangi barpo etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi binolarini ko‘zdan kechirishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, davlat rahbarining Toshkent shahridagi shifoxonalardan biriga ham borishi mumkinligini aytmoqda Kun.uz manbasi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident Toshkent shahrini aylanishi kutilmoqda