06:30 / 19.06.2018
4 422

Toshkentda «Spark» mashinasida piyodani urib, qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda

Toshkentda «Spark» mashinasida piyodani urib, qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda
16 iyun kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida noma’lum haydovchi davlat raqami aniqlanmagan “Spark” avtomashinasini Katta Xirmontepa ko‘chasida haydab ketayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Chilonzor tumanida yashovchi N.I. ismli ayolni urib yuborib, yordam ko‘rsatmasdan, voqea joyidan qochib ketgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Olgan jarohatlari sabab N.I. kasalxonaga yotqizilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisasini sodir etgan noma’lum haydovchini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan.

«Hurmatli fuqarolar, agar kimda-kim ushbu holatga guvoh bo‘lgan yoki haydovchi va avtomashina haqida biron ma’lumotga ega bo‘lsa, zudlik bilan ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga yoki «102» telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib xabar berishingiz so‘raladi. Unutmang, bu orqali siz jinoyatga jazo muqarrar ekanligiga o‘z hissangizni qo‘shish bilan birga, o‘zingiz va yaqinlaringizni ana shunday qayg‘uli voqealardan asragan bo‘lasiz», - deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda «Spark» mashinasida piyodani urib, qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda