00:32 / 21.06.2018
8 365

Sherzod Shermatov xalq ta’limi vaziri etib tayinlandi

Sherzod Shermatov xalq ta’limi vaziri etib tayinlandi
Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Sherzod Shermatov O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri etib tayinlandi. Bu haqda «Gazeta.uz"ga hukumatdagi axborot manbasi xabar qildi.

U mazkur lavozimda 2013 yildan buyon ishlab kelayotgan Ulug‘bek Inoyatov o‘rnini egalladi. Shuningdek, vazirning birinchi o‘rinbosari Kadirbay Bekturdiyev hamda vazir o‘rinbosarlari Jahongir Sidiqov va Dilshod Kenjayev ham lavozimidan ozod qilindi.

Bunga qadar Toshkentdagi Inha universiteti rektori bo‘lib ishlagan Sarvar Boboxo‘jayev, shuningdek innovatsion rivojlanish vazirining sobiq o‘rinbosarlari Otabek Nazirov va Alisher Umarov vazir o‘rinbosari v. b. bo‘ldi.

Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimini faqatgina Alisher Sa’dullayev saqlab qoldi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sherzod Shermatov xalq ta’limi vaziri etib tayinlandi