Toshkent shahar IIBB tezkor-qidiruv guruhi va prokuratura organlari hamkorligida noqonuniy “pul mukofoti”ni olish holati aniqlandi, deb xabar berdi Toshkent IIBB matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, haydovchilarni tayyorlovchi MK “Vatanparvar” tashkilotining sho‘’ba unitar korxonasi rahbari o‘rinbosari o‘z xonasida 500 dollar va 200 ming so‘m miqdorida “mukofot puli” olayotgan vaqtda IIBB huzuridagi Jinoyat qidiruv boshqarmasining Iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
U bu pullarni mashg‘ulotlarga kelmasdan guvohnoma olishga yo‘l ochib berishi uchun olmoqchi bo‘lgan.
Prokuratura tomonidan qo‘lga kiritilgan daliliy ashyolar va materiallar asosida qo‘lga olingan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi