18:00 / 22.06.2018
4 997

Zangiotada somon ortilgan 2 ta tirkama yonib ketdi (foto va video)

Zangiotada somon ortilgan 2 ta tirkama yonib ketdi (foto va video)
Bugun, 22 iyun kuni soat 13:40 atrofida M34 «Toshkent—Dushanbe» avtomobil yo‘lining 16 kilometrida, Zangiota ziyoratgohi yaqinida traktorning 2 ta tirkamasidagi somon press yonib ketgan. Bu paytda traktor Yangiyo‘l tumanidan Toshkent shahri tomonga ketayotgan bo‘lgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB YHXB «Daryo»ga xabar qildi.

Yong‘in sodir bo‘lishi bilan traktor haydovchisi yo‘lda to‘xtagan. Ushbu to‘xtagan joyida Yuqori Chirchiqda yashovchi shaxsga tegishli Lacetti avtomashinasi yo‘lning chetida to‘xtab turgan bo‘lgan. Yong‘indan chiqqan issiqlik natijasida Lacetti’ning chap tomoni kuygan.

Foto: Toshkent viloyati IIB YHXB

Foto: Toshkent viloyati IIB YHXB
Yong‘in Zangiota tuman YoXB tomonidan o‘chirilgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Mazkur sodir bo‘lgan voqea aks etgan videolavhani quyidagi HAVOLA orqali ko‘rishingiz mumkin.

Hozirgi vaqtda yong‘in sabablari va yetkazilgan zarar yuzasidan Toshkent viloyati IIB YoXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Foto: Toshkent viloyati IIB YHXB

Foto: Toshkent viloyati IIB YHXB

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zangiotada somon ortilgan 2 ta tirkama yonib ketdi (foto va video)