10:39 / 23.06.2018
6 788

Qashqadaryoda qo‘lga olingan AQSh fuqarosi Zokir Aliyev ozod qilindi

Qashqadaryoda qo‘lga olingan AQSh fuqarosi Zokir Aliyev ozod qilindi
16 iyun kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida qo‘lga olingan AQSh fuqarosi Zokir Aliyev ozod qilindi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bermoqda.

Nashr manbasiga ko‘ra, hozirgi kunda u Qashqadaryo viloyatida qarindoshlarinikida bo‘lib turibdi.

1972 yilda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida tug‘ilgan, 2014 yilda AQSh fuqaroligini olgan va shu kungacha mazkur mamlakatda yashab kelgan Zokir Aliyev qarindoshlarining taklifi bilan O‘zbekistonga kelgan edi.

Davlat xavfsizlik xizmati Zokir Aliyevni 2005 yildan beri «O‘zbekiston islom harakati» faoliyatiga aloqadorligi uchun qidiruvda bo‘lgani, hozirda unga nisbatan ehtiyot chorasini qo‘llash masalasi ko‘rib chiqilayotganini bildirgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda qo‘lga olingan AQSh fuqarosi Zokir Aliyev ozod qilindi