12:57 / 23.06.2018
4 903

Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in kelib chiqdi (video)

Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in kelib chiqdi (video)
2018 yil, 22 iyun kuni tahminan soat 19.51da Toshkent shahar IIBB YXBga Mirobod tumani Aliyev ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning ikkita xonadonida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushdi, deb xabar berdi Toshkent shahar IIBB Axborot multimedia markazi.

Yong‘in 3-qavatdagi xonadonda kelib chiqqan va dastlabki taxminga ko‘ra, bunga gaz plitasida yog‘ qizdiralayotgan qozonning qarovsiz qoldirilgani sabab bo‘lgan. Olovni mustaqil o‘chirish vaqtida xonadonning 4 nafar a’zosi kuyish jarohatini olgan va shifoxonaga yotqizilgan.


Alanga yuqori qavatning balkoniga o‘tgan. Ushbu xonadondan 3 kishi o‘t o‘chiruvchilar tomonidan qutqarib olingan.

Soat 20.13da tezkor harakatlar natijasida yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in kelib chiqdi (video)