21 iyun kuni soat 16:30da Toshkent shahridagi Shota Rustaveli ko‘chasida Nexia-3, Cobalt va Lacetti rusumli avtomobil 3 ta avtomobil o‘zaro to‘qnashdi. Bu haqda Bu haqda IIBB axborot-multimedia markazi ma’lum qildi.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar va qurbonlar yo‘q.
Cobalt va Lacetti haydovchilarining so‘zlariga ko‘ra, Nexia-3 haydovchisi svetoforning qizil chirog‘ida ularning orasidan o‘tib ketmoqchi bo‘lgan va oqibatda to‘qnashuv sodir etgan.
Foto: IIBB axborot-multimedia markazi
Onasiga tegishli mashinani haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan 18 yoshli o‘smir boshqargani ma’lum bo‘ldi.
Foto: IIBB axborot-multimedia markazi
Hozirda YPX xodimlari tomonidan voqea sabablari o‘rganilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi