00:30 / 03.07.2018
6 215

Xorazmlik ayol “o‘ynashini” pichoqlab qochdi

Xorazmlik ayol “o‘ynashini” pichoqlab qochdi
30 iyun kuni Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida noxush voqea sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV xabar berdi.

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida 38 yoshli Baxtigul Bobojonova Nurobod mahallasida joylashgan dala shiyponida rasmiy nikoxsiz turmush o‘rtog‘i N.B bilan janjallashib, uning qorin qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

Jinoyatni sodir etgandan so‘ng Baxtigul voqea joyidan yashiringan. Hozirda Baxtigul Bobojonovani ushlash choralari ko‘rilgan.

Baxtigul Bobojonova Xorazm viloyati Shovot tumanida ro‘yxatda turadi. N.Bning Chinoz tumanida yashashi aytilgan.

“Hurmatli fuqarolar, agar Siz Baxtigul Bobojonovani qayerdaligi yoki u haqida biron-bir ma’lumotga ega bo‘lsangiz, Ichki ishlar organlarining xududiy bo‘limlariga xabar berishingiz yoki 102 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘raymiz”, deyiladi IIV xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorazmlik ayol “o‘ynashini” pichoqlab qochdi