14:20 / 05.07.2018
5 223

“O‘zdonmahsulot” Aksionerlik kompaniyasi rahbari poraxo‘rlikda ayblanmoqda...

“O‘zdonmahsulot” Aksionerlik kompaniyasi rahbari poraxo‘rlikda ayblanmoqda...
So‘nggi xabarlarga ko‘ra, “O‘zdonmahsulot” Aksionerlik kompaniyasi boshqaruvi raisi Surat Haydarov hamda uning kuyovi Jamshid Sharipovlar poraxo‘rlikda ayblanmoqda deb yozadi “Hordiq” nashri.

Kompaniya vakillaridan biri aytdiki, Surat Haydarovning kuyovi Jamshid Sharipov Toshkent viloyatidagi un zavodlaridan birini sotish evaziga pora olayotib qo‘lga tushgan. Qaynotasini, ya’ni, kompaniya rahbarini esa o‘z uyidan topishgan.

Ular oldi-berdini Jizzax avtomobil yo‘lida amalga oshirishni mo‘ljallashgandi. Ammo oldindan sotilajak zavod uchun hozir sir tutilayotgan miqdorda pora berilishini alohida qistirib o‘tishgan. Kelishilgan. Pora beruvchi yigitlar esa darhol davlat xavfsizlik xizmati xodimlariga xabar berishgan. Shundan keyin pora beruvchilar va xavfsizlik xizmati vakillari birgalikda ushbu spektaklni o‘ylab topishdi. Pora olayotgan payt Jamshid qo‘lga olindi. Lekin kompaniya rahbari Surat Haydarov shu zahoti Jizzaxdan qadamini uzdi. Biroq qochib uzoqqa bora olmadi. Uni o‘zi yashaydigan uydan topib qo‘liga kishan solishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “O‘zdonmahsulot” Aksionerlik kompaniyasi rahbari poraxo‘rlikda ayblanmoqda...