Surxondaryo viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati hokimi etib tayinlandi. Bu haqda "Xalq so‘zi" xabar berdi.
Shu kungacha viloyat hokimi sifatida ishlab kelayotgan Turobjon Jo‘rayev qaysi lavozimga tayinlangani borasida aniq ma’lumotlar yo‘q.
49 yoshli Turdimov 2016 yilning dekabr oyidan buyon Surxondaryo viloyati hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi.
Bungacha u 1991 yildan 1995 yilgacha «O‘zsanoatqurilishbank»ning hududiy bo‘limlarida faoliyat ko‘rsatgan. 1995-1996 yillarda Zarafshon shahar hokimi o‘rinbosari lavozimida, 1996 yildan 2000 yilgacha Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Navoiy bo‘limida boshqaruvchisi sifatida ishlagan. 2000 yildan 2008 yilgacha esa Navoiy viloyati Xatirchi tuman hokimi sifatida ishlagan.
2008 yilda qisqa vaqt o‘sha vaqtlardagi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan Turdimov, o‘sha yildayoq Navoiy viloyat hokimi lavozimiga tayinlangandi. Turdimov Surxondaryo viloyati hokimi bo‘lguniga qadar Navoiyda faoliyat ko‘rsatgan.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?