07:30 / 15.07.2018
7 021

Navbahor tumani hokimining birinchi o‘rinbosari pora bilan qo‘​lga tushdi

Navbahor tumani hokimining birinchi o‘rinbosari pora bilan qo‘​lga tushdi
Navoiy viloyati Navbahor tumani hokimining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Oybek Xairov kecha, 13 iyul kuni 6000 AQSh dollari miqdorida pora olayotgan vaqtda DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Bu haqda Kun.uz tuman hokimligidagi o‘z manbasiga asoslanib xabar bermoqda.

Hokim o‘rinbosari tumanda baliqchilik bilan shug‘ullanish niyatida bo‘lgan tadbirkorga yer ajratib berish uchun yuqorida keltirilgan miqdorda pora so‘raganlikda ayblanmoqda.

Kun.uz manbasiga ko‘ra, Oybek Xairov ayni paytdagi tuman hokimi Baxtiyor Bobonazarov bilan bu lavozimga kelgunlariga qadar tuman soliq idoralarida hamkasb sifatida ishlab kelgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navbahor tumani hokimining birinchi o‘rinbosari pora bilan qo‘​lga tushdi