18:20 / 15.07.2018
5 094

Toshkent shahar hokimi: "Menga va komandamga pora kerakmas"

Тошкент шаҳар ҳокими: "Менга ва командамга пора керакмас"
Qonunchilik palatasi deputati, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Alisher Qodirov Toshkent shahar hokimining korrupsiya borasidagi ogohlantirishiga o‘zining Feysbukdagi sahifasi orqali munosabat bildirdi.

Deputat Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning so‘zlariga quyidagicha iqtibos keltirgan:

«Hokimliklar, ayyor o‘yinlar qilishni bas qiling. Yana bir bor ogohlantiraman. Yer berilishi shaffof va korrupsiyasiz bo‘lishi kerak. Menga va komandamga pora kerakmas. Yoki Prezidentimizni tushunib, yelkama-yelka yonida turib, katta maqsadimizga birga erishamiz, xalqni rozi qilamiz, yorqin kelajagimizni yaratamiz. Yoki yo‘q bo‘lamiz».

Alisher Qodirovning aytishicha: «Har bir rahbar shunday fikrlasa, bizni hech kim to‘xtatolmaydi!»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahar hokimi: "Menga va komandamga pora kerakmas"