09:27 / 18.07.2018
10 294

O‘qituvchilarga ijtimoiy uylar va avtomashinalar uchun imtiyozli kreditlar beriladi

O‘qituvchilarga ijtimoiy uylar va avtomashinalar uchun imtiyozli kreditlar beriladi
O‘zbekistonda o‘qituvchilarga imtiyozli kreditlar asosida ijtimoiy uylar va avtomashinalar berilishi kutilmoqda. Shuningdek o‘qituvchilarning oila a’zolariga yordamchi xo‘jalik yuritish uchun qoramol va parrandalar sotib olish, issiqxonalar, limonariylar kabilarni yaratish uchun imtiyozli kreditlar beriladi.

KUN.UZ nashri Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning 17 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tgan yig‘ilish yakunlari to‘g‘risida bergan ma’lumotlariga asoslanib, shu haqida xabar berdi.

Shuningdek, O‘zbekistonda o‘qituvchilarning ish haqi oshiriladi. Gazeta va jurnallarga majburiy obunalar bekor qilinadi. Ortiqcha yozuv-chizuvlarga barham beriladi. XTV bilan muvofiqlashtirilmagan tekshiruvlar o‘tkazilmaydi. Xalq ta’limi tizimi xodimlarining turli tozalash ishlariga jalb qilinishi taqiqlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘qituvchilarga ijtimoiy uylar va avtomashinalar uchun imtiyozli kreditlar beriladi